Siyosat
Shavkat Mirziyoyev amalga oshirilayotgan ishlar va istiqbolli loyihalar bilan tanishish maqsadida Buxoroga jo‘nab ketdi. Shuningdek, ertaga Qozog‘iston rahbari Qosim-Jomart Toqayev tashrif buyurishi ham kutilmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, tashrif doirasida Buxoroda oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston – Qozog‘iston do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, yetakchilar tovar ayirboshlash hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish, transport, energetika, suv va ekologiya sohalarida qo‘shma loyiha va dasturlarni ilgari surish hamda madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirish masalalarini muhokama qiladi.
Shu bilan birga, birgalikda tarixiy obidalarni ziyorat qilish, sanoat korxonalari faoliyati va mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan tanishish rejalashtirilgan.
Bugun esa davlat rahbari Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va istiqbolli loyihalar bilan tanishadi.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
112119
Jamiyat
94802
Jamiyat
90849
Jamiyat
75645
Jamiyat
//
Izoh yo‘q