Jamiyat
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, Najimov Elmurod Iqboljon o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda agentlik o‘z sahifasida xabar berdi.
Mazkur tayinlov munosabati bilan ushbu lavozimda faoliyat yuritib kelgan Kuziyev Tursunali Karimjanovich boshqa ishga o‘tishi sababli egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Elmurod Najimov 1992-yil Andijon viloyatida tug‘ilgan, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabini tamomlagan. YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasining Bosh kotibi o‘rinbosari vazifasida va PA Kreativ iqtisodiyot va turizm bo‘yicha departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
112324
Jamiyat
94995
Jamiyat
91121
Jamiyat
75883
Jamiyat
//
Izoh yo‘q