Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish, aholini ommaviy sportga keng jalb etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda sohani yangi bosqichga olib chiqish, mavjud muammolarni bartaraf etish va tizimli islohotlar bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Yig‘ilishda davlat organlari va tashkilotlarda sog‘lom turmush tarzini keng joriy etish maqsadida yangi tartib belgilandi. Unga ko‘ra, endilikda haftaning bir kuni barcha vazirlik, idora va tashkilotlarda sport kuni sifatida o‘tkaziladi. Mazkur kunda xodimlar uchun sport mashg‘ulotlari tashkil etilib, rahbarlar bu borada shaxsan namuna ko‘rsatishi zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, joriy yildan boshlab vazirliklar, banklar va hokimliklar o‘rtasida har yili respublika sport musobaqalari o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Yig‘ilish davomida so‘nggi yillarda sport infratuzilmasini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar ham qayd etildi. Xususan, mamlakat bo‘ylab mingdan ortiq zamonaviy sport maydonchalari barpo etilib, yuzlab sport inshootlari va minglab xususiy sport klublari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Bundan tashqari, ayrim hududlarda sport infratuzilmasidan samarali foydalanilmayotgani, maktab va oliy ta’lim muassasalarida sport to‘garaklari yetarli darajada ishlamayotgani ham tanqid qilindi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112111
Jamiyat
94796
Jamiyat
90835
Jamiyat
75637
Jamiyat
//
Izoh yo‘q