Jamiyat
9-aprel soat 18:00 da O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “Ulug‘ Amir va donna Mariya” tarixiy-badiiy filmining tantanali ommaviy namoyishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Kinematografiya agentligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, film Prezidentning 2026-yil 5-fevraldagi PQ-46-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida namoyish etiladi. Mazkur film buyuk sarkarda Amir Temurning Anqara jangidagi ulkan g‘alabasi, Boyazid ustidan qozonilgan tarixiy zafar hamda Yevropa ozodligiga yo‘l ochgan voqealarni yuksak badiiy talqinda aks ettiradi.
Ta’kidlanishicha, asarda donna Mariya timsoli orqali ozodlik g‘oyasi, insoniy iroda va taqdirlar uyg‘unligi chuqur ochib berilib, ikki davrni bog‘lovchi syujet orqali tarixiy xotira va avlodlar davomiyligi yuksak mahorat bilan ifoda etilgan.
Ushbu kartina milliy tariximizning shonli sahifalarini keng jamoatchilikka yetkazishga xizmat qiladi.
Jamiyat
Madaniyat
Siyosat
Sport
Jamiyat
Siyosat
112456
Jamiyat
95122
Jamiyat
91364
Jamiyat
76039
Jamiyat
//
Izoh yo‘q