O‘zbekistonda taqiqlangan diniy manbalar ro‘yxati e’lon qilindi

Saqlash
12:47 / 08.04.2026 101 0

Oliy sud tomonidan internetda diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan hamda mamlakat hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etilishi taqiqlangan manba va materiallar ro‘yxati e’lon qilindi.

 

2026-yil 6-aprel holatiga ko‘ra, ro‘yxatga jami 1 ming 837 ta turli profil, kanal va material kiritilgan. Ularning katta qismi ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar orqali tarqatilgan kontentlardan iborat.

 

Ta’kidlanishicha, mazkur kontentlarni O‘zbekiston hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etish qonunan taqiqlangan. Bu kabi manbalar jamiyat xavfsizligi va barqarorligiga tahdid sifatida baholanadi.

 

“Qadrli ota-onalar va yoshlar! Diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizm tuzog‘iga tushib qolishdan doimo saqlaning. Ular hayotingiz va orzularingizni barbod qilishiga aslo yo‘l qo‘ymang”, deyiladi Oliy sud xabarida.

 

Qonunchilikka muvofiq, Jinoyat kodeksining 244-1-moddasiga ko‘ra, bunday materiallarni tayyorlash, saqlash yoki tarqatish sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilishga sabab bo‘lishi mumkin. Shuningdek, 244-3-moddada diniy mazmundagi materiallar bilan bog‘liq qonunbuzarliklar uchun jarima va boshqa jazo choralari belgilangan.

 

Batafsil ro‘yxat bilan quyidagi havolada tanishasiz.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//