“Temurbek” tarixiy asari taqdimoti o‘tkazildi

Saqlash
10:07 / 08.04.2026 50 0

7-aprel kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi bilan hamkorlikda nashr qilingan “Temurbek” tarixiy asarining teatrlashtirilgan taqdimoti o‘tkazildi. 

 

Taqdimotda olimlar, ma’naviyat targ‘ibotchilari, soha vakillari, shuningdek, oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etdi. 

 

 

Tadbir ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan tashkiliy-amaliy, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yangi sifat bosqichiga ko‘tarish maqsadida qabul qilingan “Buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat va san’at homiysi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil qilindi.

 

 

Qayd etilishicha, asar muallifi – O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbarining birinchi o‘rinbosari Botu Alimov so‘zga chiqib, Amir Temur shaxsiga berilayotgan alohida e’tibor, uning hayoti va faoliyatini o‘rganish borasida amalga oshirilayotgan ilmiy izlanishlar, Amir Temurning bolalik va o‘smirlik yillarini aks ettiruvchi “Temurbek” tarixiy asarining yaratilish jarayonlari haqida ma’lumot berishdi.

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//