Jamiyat
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
Yig‘ilishda ixtisoslashgan sport maktablarining oddiy sport maktabidan farqi qolmaganiga e’tiroz bildirildi. Masalan, Termiz shahridagi 4 ta ixtisoslashgan maktabning natijasi Jarqo‘rg‘ondagi bitta sport maktabichalik bo‘la olmayapti. Jarqo‘rg‘on sport maktabi o‘tgan yili Osiyo va jahon chempionatlarida 6 ta sovrin olgan bo‘lsa, viloyatdagi 4 ta ixtisoslashgan maktabda esa jami 1 ta medal mavjud.
Shunga ko‘ra, har bir ixtisoslashgan sport maktabi direktori, jamoasi va murabbiylarning ish uslubini o‘zgartirib, o‘sish nuqtalarini aniq belgilab, oylik maoshini o‘quvchisining natijasiga bog‘lash zarurligi ta’kidlandi.
Mutasaddilarga yutuqlarga erishgan sport maktablarini amaldagi rag‘batlantirish miqdoriga qo‘shimcha yana 500 million so‘mdan alohida mukofotlashni yo‘lga qo‘yish topshirildi.
Jamiyat
Madaniyat
Siyosat
Sport
Jamiyat
Siyosat
112456
Jamiyat
95122
Jamiyat
91364
Jamiyat
76039
Jamiyat
//
Izoh yo‘q