Hujjatsiz “kar” xaydovchi 8 sutkaga, haqorat qilgan yoʻlovchilar 10 sutkaga qamaldi

Saqlash
15:31 / 07.04.2026 41 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda ikki yigitning goʻyoki kar xaydovchi mashinasiga minib, uni turli haqoratomuz soʻzlar bilan mazah qilgani aks etgan videosi tarqalgan edi. Samarqand viloyati YHXB xabar berishicha, ushbu holat toʻliq uyushtirilgan boʻlib, xaydovchining eshitishda nuqsoni boʻlmagan.

 

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida huquqbuzarlar topilib, ularning ishi jinoyat ishlari boʻyicha Samarqand shahar sudida koʻrib chiqilgan. Shunga koʻra, avtomashina boshqargan haydovchiga 8 sutka, ikki nafar yoʻlovchilarga nisbatan 10 sutkadan maʼmuriy qamoq jazosi belgilangan.

 

Qay etilishicha, avtoulovni boshqargan haydovchi hali haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlmagan va transportni meʼyoriy hujjatlarsiz boshqargan. Unga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 135-moddasi, (yoʻl harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari boʻlmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi) 2-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomobil vaqtinchalik jarima maydonchasiga olib kelib qoʻyilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//