Rieltorlik xizmatlari elektron tizimlarda shaffof tarzda amalga oshiriladi

Saqlash
12:45 / 07.04.2026 44 0

Bugun, 7-aprel kuni Senatning 14 yalpi majlisida mamlakatda, xususan, poytaxt Toshkent shahrida rieltorlik muammolarini tartibga solish maqsadida “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun koʻrib chiqildi.

 

Unga koʻra:

 

- Rieltorlar faqat shartnoma asosida xizmat koʻrsatadi;

- Rieltor mijozga koʻrsatgan uyini oʻz nomiga rasmiylashtira olmaydi;

- Rieltorlarning malakasi tekshiriladi va ular ustidan nazorat kuchaytiriladi;

- Xizmatlar bosqichma-bosqich elektron tizimlar orqali, ochiq va shaffof tarzda amalga oshiriladi. Bundan tashqari, noqonuniy pul aylanishi va firibgarliklarning oldini olish uchun alohida nazorat mexanizmlari joriy etiladi.

 

Mazkur qonun bugungi kunda ijara bozorida eng koʻp zarar koʻrayotganlar oddiy fuqarolarni himoya qilish, bozorda tartib oʻrnatish va firibgarliklarni kamaytirishga xizmat qiladi.

 

Muhokama yakunida mazkur qonun maʼqullandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//