Jamiyat
Chet tillariga ixtisoslashgan oʻquv markazlarini ochishda imtiyoz berilgan shaxslar doirasi kengaytiriladi. Bu haqda Adliya vazirligi maʼlum qildi.
Farmonga koʻra, yangi ishlanmalarga asoslangan “spin-off” korxonalari reyestri joriy etiladi. Bunda reyestrga kiritilgan hamda:
- belgilangan tartibda patentlangan ilmiy tadqiqotlar natijasida yaratilgan ilmiy ishlanmalar asosida tovar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan korxonalar va ularning xodimlariga 2017-yil 30-iyundagi PF–5099-son Farmonda koʻzda tutilgan imtiyoz va preferensiyalar tatbiq etiladi;
- patentsiz ilmiy tadqiqot natijasida yaratilgan ilmiy ishlanmalar asosida tovar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan korxonalar 2026-yil 1-maydan 2029-yil 1-maygacha boʻlgan davr uchun foyda soligʻini belgilangan soliq stavkasidan 50 % pasaytirilgan stavkada toʻlaydi.
2026-yil 1-maydan boshlab:
- olimlar va tadbirkorlar tomonidan davlat ilmiy dasturlari doirasida bajarilgan fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar natijasida yaratilgan ishlanmalar boʻyicha tajriba-sinov ishlari uchun ketadigan xarajatlarning bir qismi Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan qoplab beriladi;
- xorijiy tillar boʻyicha kamida S1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega yoshlarga olis va borish qiyin boʻlgan hududlarda chet tillariga ixtisoslashgan oʻquv markazlarini ochish uchun 6 oylik imtiyozli davr bilan 3-yil muddatga BHMning 320 baravarigacha miqdorda foizsiz ssuda berish tartibi 30 yoshdan oshgan shaxslarga ham tatbiq etiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
112100
Jamiyat
94785
Jamiyat
90825
Jamiyat
75628
Jamiyat
//
Izoh yo‘q