Denovdagi propan “zapravka”da yong‘in chiqib, ikki kishi jarohatlandi

Saqlash
11:42 / 07.04.2026 30 0

Bugun, 7-aprel kuni Denov tumani, “Oqtom” MFYda joylashgan avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish shaxobchasi hududida “KAMAZ” rusumli suyultirilgan (propan) gaz tashuvchi maxsus avtomobildan sig‘imga gazini quyish vaqtida sig‘imda chaqnash sodir bo‘lib, yong‘inga aylanib ketgan. Bu haqda soat 08:24 da “112” tizimidan Surxondaryo viloyati FVBga xabar kelib tushgan.

 

Soat 08:39 da hodisa joyiga yetib borgan 5 ta qutqaruv bo‘linmalari yong‘inni soat 08:42 da o‘rab olibgan. Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, sig‘imning yorilishi sababi maxsus avtomobildan propan gazini bo‘shatish vaqtida texnologik jarayonning buzilishi deb taxmin qilinmoqda.

 

Voqea joyiga shuningdek, viloyat FVB rahbar xodimlari, Denov tumani IIB, SSB, “Hududgazta’minot” rahbar va xodimlari ham borib, hodisaning kelib chiqish sabablarini aniqlash ishlarini olib borgan.

 

Yong‘in soat  10:10 da o‘chirilgan. Keyinroq FVVning aniqlik kiritishicha, hodisa oqibatida 2 nafar fuqaro, shundan bir nafari 10 %, yana bir nafari 3-4 % yengil kuyish tan jarohatini olgan. Ularni sog‘ligiga xavf yo‘q, hozirda ahvoli yaxshi.

 

Halok bo‘lganlar yo‘q.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//