Hafta davomida ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Saqlash
17:39 / 06.04.2026 34 0

O‘zgidromet 10-aprelgacha bo‘lgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

 

Unga ko‘ra, bugun kunduzi O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Toshkent viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati +18– +23 daraja, ba’zi joylarda +24– +26 darajagacha bo‘ladi.

 

7-8-aprel kunlari respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan kuzatiladi. Harorat asosan kunduz kunlari  +13– +18 daraja bo‘ladi.

 

9-10-aprelda faqat respublikaning ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzgi harorat +20– +25 darajagacha ko‘tariladi.

 

Shamol tezligi 6-7-aprelda ba’zi joylarda 15–20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

 

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Tog‘larda qor ko‘chishi xavfi bor.

 

Toshkent shahrida bugun yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 24-26 daraja bo‘ladi. 7-8-aprelda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 7-aprelda shamol tezligi 12–14 m/s gacha kuchayadi. Harorat kunduzi +15– +17 daraja bo‘ladi.

 

9-aprelda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 10-aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat +20– +25 darajagacha ko‘tariladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Jamiyat

17:39 / 06.04.2026 0 35
Hafta davomida ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Jamiyat

16:49 / 06.04.2026 0 78
Ayollar nega uzoqroq umr ko‘rishadi?

Jamiyat

11:52 / 06.04.2026 0 77
Talabalarning qanday huquqlari bor?

Jamiyat

10:22 / 06.04.2026 0 25
9 ta viloyatda sel xavfi e’lon qilindi

Ko‘p o‘qilgan

Barchasi
112098
75623

//