Jamiyat
Ayollar erkaklardan uzoqroq umr ko‘rishadi. Data Explained taqdim qilgan maqolada ayollar erkaklarga nisbatan 5-10 yil ko‘proq umr ko‘rishishi ma’lumot sifatida keltiriladi.
Ta’kidlanishicha, bu butun dunyo bo‘ylab barqaror kuzatilayotgan tendensiyadir. Qizig‘i, dunyo davlatlarining barchasida ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashi kuzatilgan.
Masalan, Monakoda ayollar o‘rtacha 88,85 yil, erkaklar esa 84,76 yil umr ko‘rishadi. Nigeriyada esa ayollarning o‘rtacha umr davomiyligi 55,3 yil, erkaklarniki esa 54,6 yil.
Boy hamda kichik davlatlar va Sharqiy Osiyo mamlakatlari (masalan, Yaponiya, Janubiy Koreya) uzoq umr ko‘rish ko‘rsatkichlari bo‘yicha yetakchilik qilmoqda. Ro‘yxatning eng oxirgi o‘rinlarini esa faqat Sahroi Kabirdan janubda joylashgan Afrika davlatlari egallagan.
Xo‘sh, nega ayollarning umr ko‘rish davomiyligi erkaklarnikidan ko‘proq? Bunga sabab ayollar genetik jihatdan mukammalroq himoyalanganidir. Ya’ni ayollarda ikkita X xromosomasi bor. Bu esa agar ularning bittasida birorta nuqson bo‘lsa, ikkinchisi uning o‘rnini bosa olishini anglatadi. Erkaklarda esa aksincha, X va Y xromosomalar bitta bittadan. Mabodo bu xromosomalarda xatolik bo‘lsa, ularni to‘ldiradigan zaxira yo‘qligi uchun, nuqson saqlanib qoladi.
Bundan tashqari, ayol organizmidagi estrogen gormoni nafaqat go‘zallik, balki salomatlik uchun ham xizmat qiladi. JUmladan, u qon tomirlarini elastik qiladi va xolesterin miqdorini kamaytiradi. Aynan mana shu omillar tufayli ayollar nisbatan yurak-qon tomir kasalliklaridan uzoqroq bo‘ladi.
Yana bir qiziq fakt: erkaklar 37° isitmada ham yotib qoladi. Ayollarda esa bu kam kuzatiladi. Bu tadqiqotlar yordamida ham isbotlangan. Ayollarning immun tizimi odatda kuchliroq bo‘lib, infeksiyalarga qarshi yaxshi kurashadi. Bu ularga keksaygan chog‘larida turli yuqumli kasalliklardan omon qolishga yordam beradi.
Unda erkaklar nega kamroq yashaydi?
Gap shundaki, dunyo bo‘yicha erkaklar o‘rtasida tamaki chekish va alkogol iste’moli ayollarga qaraganda yuqoriroq. Bu esa o‘pka va jigar kasalliklariga ko‘proq sabab bo‘ladi.
Bundan tashqari, erkaklar ko‘proq jismoniy og‘ir va xavfli ishlarda ishlashadi. Shuningdek, erkaklar orasida tavakkalchilikka asoslangan harakatlar (masalan, yuqori tezlikda mashina haydash) ko‘proq uchraydi.
Eng e’tiborlisi, ayollar o‘z sog‘lig‘iga ko‘proq e’tibor beradi va kasallikning ilk belgilaridayoq shifokorga murojaat qilishga moyil bo‘ladi. Erkaklar esa ko‘pincha og‘riq kuchaymaguncha shifokorga bormaydi.
Xulosa qilinsa, ayollarning uzoq umr ko‘rishi ham tabiat bergan biologik himoya (gormonlar va genlar), ham ehtiyotkorona turmush tarzi natijasidir.
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
112098
Jamiyat
94783
Jamiyat
90820
Jamiyat
75623
Jamiyat
//
Izoh yo‘q