Madaniyat
O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasida nufuzli “Saba Productions” media kompaniyasi vakili Fiona Kashli bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda buyuk qomusiy olim va faylasuf Abu Ali ibn Sino hayoti hamda ilmiy merosiga bag‘ishlangan yangi hujjatli filmni suratga olish masalalari muhokama qilindi.
Xabarga ko‘ra, bo‘lajak filmda tarixiy faktlarni o‘zgartirmasdan, alloma siymosini asl holicha talqin etish muhimligi ta’kidlangan. Xususan, ulug‘ tabibni G‘arbda ilm-fan va tibbiyot rivojiga ulkan ta’sir ko‘rsatgan, butun insoniyatga tegishli bo‘lgan Buyuk Sharq olimi sifatida namoyon etish zarurligi aytilgan.
Kashlining so‘zlariga ko‘ra, ijodiy guruh 3–5-aprel kunlari Istanbul shahrida suratga olish ishlarini yakunlab, 6-aprel kuni O‘zbekistonga yetib keladi. Asosiy tasvirga tushirish jarayonlari 7–12-aprel kunlari Buxoro viloyatida — alloma tug‘ilib o‘sgan zaminda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Ta’kidlanishicha, mazkur loyiha O‘zbekistonning boy tarixiy va intellektual merosini xalqaro miqyosda targ‘ib qilish, Ikkinchi Renessans davri vakillarining jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasini keng yoritishga xizmat qiladi.
Iqtisod
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
112098
Jamiyat
94781
Jamiyat
90817
Jamiyat
75622
Jamiyat
//
Izoh yo‘q