Jamiyat
“El-yurt umidi” jamg‘armasi Boshqaruv kengashining tegishli qaroriga muvofiq, nufuzli universitetlarda bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlarida ta’lim olish uchun 2026-yil 1-ochiq stipendiya tanlovi e’lon qildi.
Ta’kidlanishicha, 2026/2027-o‘quv yili uchun nufuzli xorijiy universitetlarda ta’lim olish uchun 500 ta kvota ajratilgan.
Jumladan:
➖bakalavriat ta’lim dasturlari uchun – 167 ta;
➖magistratura uchun – 232 ta;
➖doktorantura uchun – 38 ta;
➖Prezident qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan — qo‘shimcha 63 ta kvota.
Nomzodlarning hujjatlari joriy yilning 3-aprelidan 24-apreliga qadar (shu kunning o‘zida ham, 23:59 gacha) barcha uchun yagona tartib va teng imkoniyat asosida, onlayn platforma orqali 24/7 rejimida qabul qilinadi.
Ochiq stipendiya tanlovida ishtirok etish uchun bakalavriat ta’lim dasturlari bo‘yicha nomzodlar quyidagi rasmda orqali qanday hujjatlar topshirishni bilib olishi mumkin:

Shu bilan birga, “El-yurt umidi” jamg‘armasi ishonchsiz yoki soxta hujjatlarni taqdim etishga yo‘l qo‘yilmasligini bildirdi.
Ochiq stipendiya tanlovi doirasida topshiriladigan har qanday hujjat, xususan:
➖til sertifikatlari;
➖SAT va boshqa xalqaro sertifikatlar;
➖mehnat stajini tasdiqlovchi hujjatlar;
➖xorijiy oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilinganlik to‘g‘risidagi hujjatlar tekshiriladi.
Soxtalashtirish holatlari aniqlangan taqdirda:
▪️ nomzod zudlik bilan tanlovda ishtirok etishdan chetlatiladi;
▪️ materiallar tegishli tartibda ko‘rib chiqish va amaldagi qonunchilikka muvofiq chora ko‘rish uchun vakolatli organlarga taqdim etiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112097
Jamiyat
94781
Jamiyat
90817
Jamiyat
75622
Jamiyat
//
Izoh yo‘q