Saida Mirziyoyeva Donald Trampning maxsus vakili bilan uchrashdi

Saqlash
09:37 / 06.04.2026 35 0

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQSH Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili, elchi Serjio Gor bilan uchrashdi.

 

Tomonlar AQShning 45- va 47-prezidenti Donald Trampga tegishli xususiy mulk Mar-a-Lagoda ko'rishgan.

 

“Samimiy mehmondo‘stlik va iliq qabul uchun chin dildan minnatdorlik bildiraman. Bo‘lib o‘tgan mazmunli va konstruktiv muloqotni yuksak qadrlayman hamda yaqin kunlarda Vashingtonda samarali uchrashuvlar o‘tkazilishiga umid qilaman”, deb yozdi Mirziyoyeva o'zining Telegram sahifasida.
 

 

Uchrashuvda AQSH prezidenti Donald Trampning kenja qizi Tifani Tramp va uning turmush o‘rtog‘i Maykl Bulos ham ishtirok etdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//