“Beshqo‘rg‘on”dagi yong‘indan hech kim jarohatlanmagani aytildi

Saqlash
09:17 / 06.04.2026 29 0

Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda “Beshqo‘rg‘on” savdo majmuasida sodir bo‘lgan yong‘inda jarohat olganlar bor mazmunda xabarlar tarqaldi.

 

Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lum qilishicha, yong‘indan hech kim jarohatlanmagan.

 

O‘z navbatida, vazirlik mamlakatimizdagi ayrim elektron nashrlar va blogerlardan ma’lumotlarni noto‘g‘ri talqin qilmaslikni, balki mavjud ma’lumot va axborotlardan unumli hamda oqilona foydalanishni so‘ragan.

 

Ma’lumot uchun, kecha 5-aprel kuni, soat 15:56 da Toshkent shahar Chilonzor tumani, Toshkent katta halqa avtomobil yo‘li ko‘chasida joylashgan “Beshqo‘rg‘on” bozorida do‘kon yonayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

 

Xabarga koְ‘ra, qutqaruv ekipajlari voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan.

 

Yong‘in soat 16:53 da qurshab olingan va 18:18 da to‘liq o‘chirilgan. 

 

Ta’kidlanishicha, savdo majmusida sodir bo‘lgan yong‘indan qutqaruvchilarning professionalligi va tezkor harakatlari natijasida majmuaning 3000 kv.m maydoni va moddiy boyliklari, shuningdek, unga tutash bo‘lgan hududdagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasi hamda 5 qavatli avtoturargoh yong‘indan saqlab qolingan.

 

Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//