Ertaga ayrim hududlarda yomgʻir yogʻadi

Saqlash
12:46 / 02.04.2026 48 0

“Oʻzgidromet” 3-aprel uchun ob-havo prognozini eʻlon qildi. Unga koʻra, juma kuni havo harorati nisbatan pasayadi, ba‘zi hududlarga yomg‘ir yog‘adi.

 

Toshkent shahrida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 22-24 daraja boʻladi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 16-21 daraja boʻladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 15-20 daraja boʻladi.

 

Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 19-24 daraja boʻladi.

 

Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 19-24 daraja boʻladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 9-14 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 15-20 daraja boʻladi.

 

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 20-25 daraja boʻladi.

 

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʻzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 10-15 daraja boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//