Jamiyat
Joriy yilgi “Tashabbusli byudjet”ning 1-mavsumi yakunlarida g‘olib bo‘la olmagan 47 ta loyiha qo‘shimcha g‘olib deb topildi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlari tomonidan g‘olib bo‘lmagan navbatdagi loyihalarni moliyalashtirish uchun mahalliy byudjetning qo‘shimcha mablag‘i hisobidan 18,2 milliard so‘m ajratilib, 47 ta loyiha qo‘shimcha ravishda g‘olib deb topildi. G‘olib loyihalar ro‘yxati bilan mazkur havola orqali tanishish mumkin.
Amaldagi tartibga ko‘ra, xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlariga mahalliy byudjetning qo‘shimcha mablag‘i hisobidan qo‘shimcha tarzda g‘olib loyihalarni e’lon qilish vakolati berilgan.
“Tashabbusli byudjet” jarayonining 2026-yilgi 1-mavsum g‘olib loyihalari 21-mart kuni e’lon qilingandi. Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, jami 1 996 ta (1 980 ta an’anaviy hamda 16 ta sheriklik) loyiha g‘olib deb topildi. Jarayonlarda mamlakat bo‘ylab jami 10 mln 284 mingta ovoz berildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112074
Jamiyat
94759
Jamiyat
90789
Jamiyat
75588
Jamiyat
//
Izoh yo‘q