Jamiyat
Vaqf fondiga 2021-yilda kelib tushgan mablagʻlar qayerga va qancha xayriya qilingani aytildi. Bu haqida AOKAda oʻtkazilgan brifingda Fond matbuot xizmati rahbari maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, 2021-yilda fond tomonidan xayriya, zakot, vaqf mulklari, ziyoratgohlar, diniy tashkilotlar va aksiyalar orqali kelib tushgan mablagʻlar hamda homiylar va hamkor tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan moddiy koʻrinishdagi ehsonlar bilan qoʻshib hisoblaganda jami 69 milliard 22 ming 690 soʻmdan ziyod mablagʻ xayriya sifatida sarflangan.
Xususan,
– diniy taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatini moliyalashtirish uchun – 1 120 601 500 soʻm;
– diniy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, oʻquvchi-talabalarini moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash uchun – 5 573 046 366 soʻm;
– diniy taʼlim muassasalari oʻquvchi-talabalar toʻlov shartnomasi uchun –840 000 000 soʻm;
– ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar talaba farzandlarini qoʻllab-quvvatlash uchun – 15 450 000 soʻm;
– masjidlar qurilishi uchun – 932 920 454 soʻm;
– masjidlar va ziyoratgohlar xodimlarini moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash uchun – 36 798 386 010 soʻm;
– uylari yongʻindan talafot koʻrgan fuqarolarga moddiy yordam uchun – 90 000 000 soʻm;
– nochor, koʻmakka muhtoj fuqarolarga turli moddiy koʻrinishda berilgan yordamlar uchun – 6 818 035 811 soʻm;
– aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan imkoniyati cheklangan, nogironligi bor boʻlgan shaxslarni moddiy qoʻllab-quvvatlash uchun – 3 600 531 000 soʻm;
– turli xayriya tadbirlari uchun – 1 736 459 260 soʻm;
– viloyat vakilliklarining maʼmuriy xarajatlari uchun berilgan moddiy yordam – 1 116 680 000 soʻm;
– aholi uchun toza ichimlik suvi chiqarishga – 290 580 000 soʻm;
– Oʻzbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasi moddiy texnik bazasini boyitish uchun – 90 000 000 soʻm;
– diniy soha xodimlari va diniy taʼlim muassasa ustoz-murabbiylari, talabalari va texnik xodimlarini pandemiya davrida moddiy qoʻllab quvvatlash uchun – 10 milliard soʻm mablagʻlar faqatgina xayriya ishlari uchun sarflangan.
«Shuningdek, yil davomida ichimlik suvi tanqis boʻlgan hududlar uchun Qoraqalpogʻistonda 76 ta, Qashqadaryoda 2 ta va Surxondaryoda 1 ta, jami 79 ta artezian va minorali suv inshootlari barpo etilib, oʻsha hududdagi aholi toza ichimlik suvi bilan taʼminlandi.
2021-yilda joriy etilgan yangi “Vaqf koʻmagi” loyihasi doirasida 4 ta viloyatning qandolatchilik, tikuvchilik va hunarmandlik kasbiga ega ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalarning 103 nafariga kerakli asbob-anjomlar xayriya qilinib, ish bilan taʼminlandi», deyiladi xabarda
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q