Bayram kunlari davlat teatrlarida ochiq eshiklar haftaligi oʻtkaziladi

Saqlash
09:34 / 19.03.2026 50 0

21-27-mart kunlari Oʻzbekistonning barcha davlat teatrlarida “Teatrlar tomoshalari haftaligi” – ochiq eshiklar haftaligi boʻlib oʻtadi. Ushbu haftalik 27-mart – Xalqaro teatr kuniga bagʻishlab oʻtkaziladi, deya xabar berdi Madaniyat vazirligi.

 

Haftalik doirasida spektakllar, konsertlar va ijodiy kechalar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

 

Eʻlonda aytilishicha, teatr haftaligi doirasidagi barcha tadbirlar mutlaqo bepul boʻladi. Tashrif buyurish uchun teatr kassalaridan taklifnomalarni olish lozim, ularning soni cheklangan.

 

Poytaxt va viloyatlardagi spektakllar hamda boshqa tadbirlar dasturi bilan Madaniyat vazirligining rasmiy saytida tanishish mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//