Iqtisod
“Muqobil energiya orqali ishlaydigan isitish tizimini joriy etgan limon yetishtiruvchilarni, shuningdek, yangi limonzorlarni barpo etish va koʻchatlar xarid qilishni moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, limon yetishtiradigan qishloq xoʻjaligi tashkilotlari xarid qilgan muqobil energiya (tabiiy gazga nisbatan)orqali ishlaydigan isitish qurilmalari qiymatining 30 foizgacha qismi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.
Qaror bilan bu boʻyicha nizom tasdiqlandi.
Nizomga koʻra, talabgorlar (qishloq xoʻjaligi tashkilotlari) muqobil energiya qurilmasi oʻrnatilgan issiqxona ishga tushirilgandan soʻng subsidiya olish uchun tuman komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.
Tuman komissiyasi murojaat kelib tushgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida talabgor tomonidan oʻrnatilgan muqobil energiya qurilmalarini joyiga chiqqan holda oʻrganadi.
Talabgorlar Komissiyaning ijobiy xulosasini olgach 5 kun ichida Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligiga tegishli hujjatlarni taqdim qiladi.
Hujjatlar taqdim qilingan kundan boshlab 3 ish kuni ichida Agentlik ularni oʻrganib chiqib, Kengash qarori qabul qilingan kundan boshlab 1 oy ichida subsidiya ajratadi yoki rad etilsa, bu haqda talabgorni xabardor qiladi.
Agentlik 5 yil mobaynida, har yil kamida bir marotaba shartnomada koʻrsatilgan parametrlar va majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan monitoring olib boradi.
Shuningdek, qarorga koʻra yangi limonzorlar barpo etish va koʻchatlar xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlar har bir sotix uchun 300 ming soʻmgacha miqdorda subsidiya sifatida qoplab beriladi.
Subsidiya limonzorlar barpo etish ishlari yakunlanib, tuman ishchi komissiyasining ularni foydalanishga qabul qilish yuzasidan tasdiqlangan dalolatnomalari Agentlikka taqdim etilgandan soʻng 1 oy muddatda ajratiladi.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q