Toshkentda Mahmudxoʻja Behbudiy merosi va jadid matbuotini oʻrganishga bagʻishlangan xalqaro konferensiya oʻtkazildi

Saqlash
21:02 / 19.01.2022 1321 0

Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Mahmudxoʻja Behbudiy tavalludining 147-yilligi munosabati bilan “Mahmudxoʻja Behbudiy merosi va jadid matbuotini oʻrganishning dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi.

 

Konferensiya “Mahmudxoʻja Behbudiy merosi” va “Jadid matbuotini oʻrganishning dolzarb masalalari” nomli sessiyalarda oʻz ishini olib bordi.

 

Konferensiyada Amsterdam mintaqaviy, transmilliy va Yevropa tadqiqotlari maktabi (ERTES), AQSHdagi Oʻrta Sharq tadqiqoti markazi, Kanadadagi Karlton universiteti Yevropa, Rossiya va Yevrosiyo tadqiqotlari instituti, Germaniyaning Fridrix Shiller nomidagi universiteti, Turkiyaning Anqara universiteti, Ozarbayjondagi Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot instituti professor-oʻqituvchilari, tadqiqotchi-mutaxassislari qatnashdi.

 

Tadbir soʻnggida millatni uygʻonishga, maʼrifatli boʻlishga chorlagan Mahmudxoʻja Behbudiyning hayot yoʻllari, ijod olami hali asrlar davomida kelajak avlodga katta ibrat maktabi boʻlib xizmat qilishi taʼkidlandi.

 

Maʼlumot oʻrnida, aytib oʻtish joizki, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalari uchun Mahmudxoʻja Behbudiy nomidagi stipendiya taʼsis etilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//