Iqtisod
“Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish haqidagi Qonun (OʻRQ–746-son, 18.01.2022-y.) Prezident tomonidan imzolandi.
Kiritilgan qoʻshimchalarga muvofiq, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) haqidagi, savdo va xizmat koʻrsatish qoidalariga oid maʼlumot isteʼmolchiga davlat tilida beriladi.
Tovarda (ishda, xizmatda) nuqsonlar borligi va uning normativ talablarga muvofiq emasligi aniqlanganda, sotuvchi mazkur nuqsonlarni aniqlash uchun tekshirish oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni toʻliq qoplashi kerak.
Qonun bilan tovarlarni axborot tizimlari orqali realizatsiya qilishda isteʼmolchi huquqlarini himoya qilish tartibi belgilandi.
Unga koʻra, axborot tizimlari orqali tuzilgan shartnoma bekor qilinganda, sotuvchi isteʼmolchiga tovarni qaytarib berish joyi toʻgʻrisida xabar berishi kerak.
Isteʼmolchining aybisiz yetkazilgan shikastlantirishlar, shuningdek tovarni koʻzdan kechirish va uni tekshirib koʻrish maqsadida qadogʻini ochish sababli tovar qiymatining pasayishi isteʼmolchini shartnomani bekor qilish huquqidan mahrum etmaydi (yuqoridagi tartiblar 3 oydan soʻng kuchga kiradi).
Tovarlar uchun haq toʻlash shakliga qarab (naqd pulli yoki naqd pulsiz) tovar narxini oshirish yoki pasaytirish taqiqlanadi, tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun naqd pulsiz haq toʻlanganda, isteʼmolchilarga ragʻbatlantirishlar berilishi mumkin.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q