Oʻzbekiston xalqaro reytingda AQSH, Xitoy va Rossiyani ortda qoldirdi

Saqlash
15:59 / 19.01.2022 1005 0

Oʻzbekistonning toʻgʻri savdo siyosati, tarifli va tarifsiz toʻsiqlarni optimizatsiyasi (tarif koʻrsatkichlarini pasaytirish, bojxona va nazorat toʻsiqlarini yengillashtirish) orqali dastlabki koʻrsatgichlarga koʻra, “Erkin savdo” nazorat koʻrsatkichida 20,2 ballga yaxshilashga imkon berdi. Bu haqida Strategik rivojlanish agentligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, ushbu reytingda mamlakatimiz AQSH, Yaponiya, Xitoy va Rossiya singari davlatlarni ortda qoldirdi. Hozirgi kunda Oʻzbekiston 2021-yildagi 163-oʻrindan ancha yuqorilab, 67-oʻringa koʻtarilib olgan va bu koʻrsatkich bilan Markaziy Osiyo davlatlari orasida yetakchilik qilmoqda.

 

Shuni alohida taʼkidlash kerakki, “Erkin savdo” koʻrsatgichining oʻrtacha bali 70,9 dan 69,5 ga tushgan va 21% davlatlargina tashqi savdoda tariflangan va tarifsiz toʻsiqlarni yaxshilashga muvaffaq boʻldi.

 

Eslatib oʻtamiz, iqtisodiy erkinlik Indeksi (Index of Economic Freedom) – reyting hisoblanib, mamlakatlardagi iqtisodiy erkinlikni baholaydi. Mazkur reyting “Meros fondi” (The Heritage Foundation) AQSH tadqiqotlar markazi va The Wall Street Journal biznes nashri bilan hamkorlikda chop etiladi.

 

Mutaxassislar “hukumat aralashuvining yoʻqligi yoki ishlab chiqarishga toʻsqinlik qilish, tovar va xizmatlarning taqsimlanishi hamda isteʼmoli, fuqarolarning erkinligini zaruriy himoya qilish va qoʻllab-quvvatlash bundan mustasno” talablari orqali oʻz reytinglarini aniqlaydi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//