Farg‘ona viloyatida “Ma’naviyat va ma’rifat maskani” soni oltitaga yetdi

Saqlash
15:19 / 19.01.2022 1019 0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2021-yil davomida Farg‘ona viloyatida oltita, ya’ni Buvayda, Bag‘dod, Uchko‘prik, O‘zbekiston, Beshariq va So‘x tumanlarida “Ma’naviyat va ma’rifat maskan”lari foydalanishga topshirildi.

 

Jumladan, Beshariq tumanidagi “Ma’naviyat va ma’rifat maskani”da anjumanlar zali, yosh bilimdonlar va kitobxonlik to‘garagi, ta’lim to‘garaklari xonasi, kutubxona, ijodkorlar, targ‘ibotchilar, hunarmandlar xonasi, tarix muzeyi o‘rin egallagan. Maskan binosining atrofi mevali daraxtlar va gulzordan iborat.

 

Uchko‘prik tumanidagi maskanda 200 o‘ringa mo‘ljallangan anjumanlar zali, kutubxona, targ‘ibotchilar, to‘garaklar, ijodkorlar va madaniyat xonasi, IT-park tashkil etilgan. Binoning atrofi mevali bog‘dan iborat bo‘lib, tashqi va ichki hududiga manzarali gul va ko‘chatlar ekilgan. 

 

Bag‘dod tumanidagi maskanda 2000 dona kitob fondiga ega kutubxona, ijodkorlar, madaniyat, hunarmandlar va ta’lim to‘garaklari xonasi, majlislar zali o‘quv seminari o‘tkazishga mo‘ljallangan xonalar mavjud. Binoning old va orqa tomonlariga manzarali o‘simliklar va ko‘chatlar ekilib, hudud to‘liq obodonlashtirildi.

 

O‘zbekiston tumanidagi maskanda esa kutubxona, o‘quv zali, ijodkorlar, madaniyat, yosh ijodkorlar to‘garak xonasi, majlislar zali tashkil etilgan.  Maskan binosining xonalariga ibratli so‘zlar aks etgan stendlar o‘rnatildi hamda milliy va zamonaviy binokorlik an’analari uyg‘unligida jihozlandi. 

 

So‘x tumanida ham ochilgan maskanda ham ijodkorlar, kitobxonlar, targ‘ibotchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Bosma va elektron kutubxona, majlislar zali, o‘quv seminari xonasi faoliyat yuritmoqda.

 

Viloyatda 2022-yil davomida qolgan tumanlarda ham “Ma’naviyat va ma’rifat maskan”lari ochilishi rejalashtirilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//