Ilm-fan
Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida joylashgan 66-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham bo‘ldi.
.jpg)
O‘qituvchi-pedagoglar hamda o‘quvchi yoshlar bilan uchrashib, ta’lim jarayoni va yoshlarning maqsadlari bilan qiziqqan Prezident uchrashuv davomida iqtidorli o‘quvchi Feruza Jumagulova bilan suhbatlashgan edi. Feruza Termiz davlat universitetida tahsil olish niyatini bildirgan edi.
Davlat rahbari tashabbusi bilan u 2027/2028-o‘quv yilidan boshlab grant asosida oliy ta’lim muassasasiga qabul qilinishi belgilandi, deb xabar berdi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi.
.jpg)
Qayd etilishicha, ushbu qaror haqida maktab jamoasi hamda o‘quvchining oila a’zolariga rasman e’lon qilingan. Tadbirda Prezident administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari Ilhom Sirojev, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zozxon Karimova, Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulov hamda viloyat mutasaddilari ishtirok etdi. Tadbir yakunida Feruza Jumagulovaga grant asosida o‘qishga qabul qilinishi haqida sertifikat topshirildi.
Madaniyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
111485
Jamiyat
94617
Jamiyat
90590
Jamiyat
74979
Jamiyat
//
Izoh yo‘q