Ilm-fan
Noyob astronomik hodisa 28-fevral kuni sodir boʻladi. Bu haqda Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, kutilayotgan paradda Quyosh tizimidagi 6 ta sayyora – Merkuriy, Venera, Neptun, Saturn, Uran va Yupiter ishtirok etadi. Quyosh ufqqa botganidan keyin ushbu sayyoralar paradini Oʻzbekistonning barcha hududidan kuzatish mumkin boʻladi.
Paradda ishtirok etadigan sayyoralardan faqat 4 tasini oddiy koʻz bilan koʻrish mumkin. Bular Merkuriy, Venera, Saturn va Yupiter. Juda xira boʻlgani bois Neptun va Uranni koʻrish uchun maxsus optik uskunalar (teleskop yoki binokl) kerak boʻladi. Merkuriy va Venera Quyoshga yaqin boʻlgani uchun parad vaqtida ular ufqqa juda yaqin joylashadi. Bu esa ularni osmonda koʻrish imkoniyatini kamaytiradi.
Saturn, Neptun, Venera va Merkuriy paradda bir-biriga juda yaqin joylashadi. Ushbu sayyoralar Quyosh botgach unga ergashib botishni boshlaydi. Shu sababli bu sayyoralarni koʻrish uchun gʻarbiy osmon ufqini baland binolar toʻsmaydigan tepalikdan kuzatish lozim. Mars sayyorasi Yerdan qaralganda Quyoshdan avval ufqqa botib ketadi. Shu sababli u bu safargi sayyoralar paradida ishtirok etmaydi.
Astronomiya instituti sayyoralar paradi shunchaki oldindan hisoblash mumkin boʻlgan noyob astronomik voqea ekanini, uni inson taqdiri va kelajagiga bogʻlagan holda turli bashoratlar qilish xatoligini qoʻshimcha qilgan.
Maʼlumot uchun, sayyoralarning bir safga tizilishi — astronomik atama boʻlib, bunda ikki va undan ortiq sayyora Quyoshning bir tomonida toʻgʻri chiziqda yoki bir-biriga yaqin 20-30 gradusli burchakda joylashadi. Sayyoralar paradi esa ushbu hodisaga beriladigan norasmiy taʼrif.
Siyosat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111472
Jamiyat
94613
Jamiyat
90582
Jamiyat
74965
Jamiyat
//
Izoh yo‘q