Ilm-fan
Oʻzbek ilm-fani ogʻir judolikka uchradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Fan arbobi, Fanlar akademiyasi akademigi, oʻzbek adabiyotshunosligidagi yirik olim, koʻplab shogirdlarning ustozi Baxtiyor Aminovich Nazarov 2022-yil 18-yanvarda 77 yoshida vafot etdi. Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi xabar bermoqda.
Baxtiyor Nazarov – 1945-yil 19-sentyabrda Toshkent shahrida tugʻilgan. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim, ilmiy kotib, direktor, boʻlim mudiri, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Bosh ilmiy kotibi oʻrinbosari, vitse-prezident vazifasini bajaruvchi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.
Baxtiyor Nazarovning ilmiy izlanishlari XX asr oʻzbek adabiyoti taraqqiyoti, xususan, tanqidchilik va adabiyotshunoslik metodologiyasi muammolari, adabiyot nazariyasi va adabiy aloqa masalalariga bagʻishlangan. Akademik olim tadqiqotlarida Fitrat, Oybek, Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahhor, Abdulla Oripov mahorati masalalari oʻrganilgan. Oybekning 20 jildli “Mukammal asarlar toʻplam”ini nashrga tayyorlashda qatnashgan.
Koʻplab monografiya, ilmiy toʻplam, maqola hamda “Oʻzbek adabiyoti”, “XX asr oʻzbek adabiyoti tarixi” kabi qator darsliklarning muallifi hamda hammualliflaridan biri.
Oyina.uz jamoasi marhumning oila-aʼzolari va yaqinlariga chuqur taʼziya bildiradi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q