“Malika” savdo majmuasi, "Poytaxt biznes markazi” va "Bеldirsoy oromgohi” sotildi

Saqlash
22:58 / 17.01.2022 1113 0

“Poytaxt biznes majmuasi”, “Malika” savdo majmuasi, “Beldersoy oromgohi” hamda “Noʼkis vinozavodi” AJ sotildi, deya xabar bermoqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi.

 

“Noʼkis vinozavodi” AJning 51% ulushi “Qarataw sawda bazasi” MCHJga 17,5 mlrd soʻm xarid qiymati hamda 3,4 mln AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritish sharti bilan sotilgan.

 

“Poytaxt biznes majmuasi” MCHJ mulkiy majmuasi boʻyicha savdolarda BAAning “Quadro IH DMCC” kompaniyasi 164 mlrd soʻm xarid qiymatini bir yoʻla toʻlash hamda taʼmirlash-tiklash ishlari uchun 6,0 mln dollardan kam boʻlmagan miqdorda investitsiya kiritish sharti bilan gʻolib boʻlgan.

 

“Malika” savdo va maishiy xizmat koʻrsatish majmuasini “Premium Prime Service” MCHJ 125 mlrd soʻm xarid qiymatini bir yoʻla toʻlash hamda taʼmirlash-tiklash ishlari uchun 100 mlrd. soʻm miqdorida investitsiya kiritish va 250 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan qoʻlga kiritgan.

 

“Bеldirsoy oromgohi” dam olish maskani (Kanat yoʻli bilan birga) boʻyicha savdolarda “Ulkan Mulk” MCHJ 107 mlrd soʻm xarid qiymatini bir yoʻla toʻlash sharti bilan savdo gʻolibi deb topilgan.

 

Shuningdek, xaridorlar daraxt va butalarning kesilishiga joriy etilgan moratoriy talablariga rioya qilаdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//