Prezident farmoni: Yosh tadbirkorlarga 10 milliardlik grant eʼlon qilinadi

Saqlash
22:41 / 17.01.2022 929 0

“Turizm, madaniyat, madaniy meros va sport sohalarini yanada rivojlantirish uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni eʼlon qilindi.

 

Unga koʻra, 2022-yil 1-maydan boshlab yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Davlat byudjetidan Turizm va sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga ajratiladigan mablagʻlar hisobidan har bir tashabbuskorga 50 million soʻm miqdorida, jami 10 milliard soʻmgacha grantlar ajratiladi. Bunda:

 

– grant mablagʻlari onlayn toʻlovlarni qabul qiluvchi zamonaviy veb-sayt yaratishga, xorijiy mamlakatlardagi turizm koʻrgazma va yarmarkalarida ishtirok etishga yoʻnaltiriladi;

 

– grant mablagʻlari belgilangan tartibda xorijiy mamlakatlardan Oʻzbekiston Respublikasiga uch yil davomida kamida 200 nafar xorijiy turistlar uchun tur tashkil qilish sharti bilan ajratiladi.

 

Yosh tadbirkorlarga grant ajratish tartibini tasdiqlash Bosh vazir oʻrinbosari A.A.Abduxakimovga yuklatilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//