Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti davomida ushbu tashabbus soha vakillari tomonidan qizg‘in qo‘llab-quvvatlandi.
Har yili aynan shu kuni Prezidentning biznes vakillari bilan ochiq muloqoti o‘tkazilishi an’anaga aylantiriladi. Bir yillik ishlar natijalari sarhisob qilinib, eng ilg‘or biznes vakillari aynan shu kuni davlat mukofotlari bilan taqdirlanadi.
“Joriy yildan boshlab, ish o‘rni yaratishda, innovasiyalarni joriy qilishda soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashda, eksport qilishda, yetuk mutaxassislar tayyorlashda barchamizga namuna bo‘ladigan biznes vakillari haqida har yili “Yilning ilg‘or tadbirkorlari” kitobi chop etib boriladi.
Bunday tadbirkorlarimizni munosib taqdirlash va rag‘batlantirish uchun alohida davlat mukofotlarini ham ta’sis etamiz. Bundan buyon tadbirkorlarning o‘z orden va medallari ham bo‘ladi”, dedi davlat rahbari.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q