Madaniyat
17-yanvar kuni Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Dilbar Mahmudova 85 yoshda vafot etdi.
Dilbar Mahmudova 1936-yil 8-aprelda Toshkentda tugʻilgan. 1959-yili Oʻrta Osiyo davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ni tamomlagan. Respublika matbuotida uning 300 dan ortiq publitsistik maqolasi eʼlon qilingan.
Dilbar Mahmudovaning ilk kitobi “Yarim asr yonma-yon” nomi bilan chop etilgan. Shundan soʻng uning “Har maktubda umr lahzasi”, “Halima”, “Hayotdan keyingi hayot”, “Moʻyqalamda yozilgan roman”, “Sinmagan Surxon qizi”, “Mehr quyoshi”, “Osmonmisiz, quyoshmisiz yo oymisiz, buvijon!” kitoblari nashr qilingan.
Turmush oʻrtogʻi Tilab Mahmud bilan hammualliflikda “Umr shomidagi baxt”, “Tortadirman jabrini”, “Omonat dunyo” nomli pesalar yozgan. Mazkur asarlar Oʻzbek Milliy akademik drama teatrida sahnalashtirilgan.
Jamiyat
Madaniyat
Jahon
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
109705
Jamiyat
94091
Jamiyat
89874
Jamiyat
73049
Jamiyat
//
Izoh yo‘q