Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

Saqlash
18:58 / 24.12.2025 65 0

Bugun, 24-dekabr kuni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tashkil etilgan Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

 

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofotni ta’sis etish to‘g‘risida” Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-iyundagi PQ-205-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkillashtirilgan.

 

Quyidagilar tarjimachilikning eng murakkab yo‘nalishlaridan bo‘lgan Badiiy tarjima bo‘ycha mukofot sohibiga aylandi:

 

Vafo Fayzullo, Vali Savash Yeluq, Saidjalol Saidmurodovlar rag‘batlantiruvchi mukofotlar bilan taqdirlandi.

 

O‘zbek adabiyotidan xorijiy tillarga eng yaxshi tarjima qilingan asarlar (BHMning 100 baravari miqdorida pul mukofoti):

 

O‘zbek nasriy asarlarining xorijiy tillarga tarjimasi yo‘nalishida – Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” asarining arab tiliga tarjimasi uchun Said Mahmud Said Mubashshir (Saudiya Arabistoni);

 

O‘zbek she’riyatining xorijiy tillarga tarjimasi yo‘nalishida – “O‘zbek she’riyati antologiyasi”ning tarjimasi uchun Mixail Sinelnikov (Rossiya);

 

O‘zbek bolalar adabiyotining xorijiy tillarga tarjimasi yo‘nalishida – Anvar Obidjonning “Meshpolvonning sarguzashtlari” asari tarjimasi uchun Shamenaz Banoz (Hindiston).

 

 

Jahon adabiyotidan o‘zbek tiliga eng yaxshi tarjima qilingan asarlar (Bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravarida pul mukofoti):

 

Jahon nasridan o‘zbek tiliga tarjima – Fyodor Dostoyevskiyning “Aka-uka Karamazovlar” asari tarjimasi uchun Ibrohim Gʻafurov;

 

Jahon she’riyatidan o‘zbek tiliga tarjima yo‘nalishida – Anna Axmatovaning “Oq tun” kitobi tarjimasi uchun Abdulla Sher hamda ozar shoiri Xalil Rizoning she’rlari o‘zbek tiliga tarjimasi uchun Tohir Qahhor;

 

 

Jahon bolalar adabiyotidan o‘zbek tiliga tarjima yo‘nalishida – Roald Dalning “Bahaybat va mehribon dev” asari tarjimasi uchun Nodirabegim Ibrohimova taqdirlandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//