Jamiyat
Endi qaysi dori vositalari retseptsiz berilishini My.gov.uz orqali tekshirish mumkin. Portalda mazkur yangi xizmat ishga tushirildi. Bu haqda portal Telegram sahifasida xabar bermoqda.
Xizmatdan foydalanish bepul bo‘lib, buning uchun “Retsept asosida va retseptsiz beriladigan dori vositalari haqida ma’lumot” bo‘limiga kirish va kerakli dori nomini yozish lozim.
Tizim qidiruv natijalariga ko‘ra, kerakli dori vositasini retsept bilan yoki retseptsiz olish mumkinligi haqida ma’lumotni chiqarib beradi.
Bundan tashqari, dori shakli, ishlab chiqaruvchi, shuningdek, dorining yaroqlilik muddati va guvohnoma amal qilish muddati haqida to‘liq ma’lumot olsa bo‘ladi. Portalda tayinlangan elektron retseptlar to‘g‘risida ham ma’lumot olish mumkin bo‘ldi.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
110441
Jamiyat
94391
Jamiyat
90270
Jamiyat
73895
Jamiyat
//
Izoh yo‘q