Oʻzbekistonliklar xarid chekini roʻyxatdan oʻtkazib, besh milliard soʻmdan ortiq keshbek yigʻdi

Saqlash
16:55 / 15.01.2022 960 0

Avvalroq Prezident qaroriga koʻra, 2022-yil 1-yanvardan boshlab, chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat koʻrsatish obyektlarida xaridni amalga oshirib, chekini mobil ilovada roʻyxatdan oʻtkazgan jismoniy shaxslarga oy yakuni bilan xarid summasining 1 foizi qaytarilishi haqida maʼlumot bergan edik.

 

Davlat soliq xizmatining xabar berishicha, ushbu tizim amaliyotga joriy etilgach, dastlabki 14 kunda:

 

– keshbek olish uchun 401 604 ta QR-kodli chek roʻyxatga olindi;

 

– jami keshbek summasi 5 mlrd soʻmdan ortiqni tashkil etdi;

 

“Soliq” mobil ilovasida 25 mingdan ortiq yangi foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtgan.

 

Shu bois isteʼmolchilar huquqlarini har tomonlama himoya qilish va huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida quyidagi talablar oʻrnatilmoqda:

 

– QR-kodli chek birinchi marta SOLIQ mobil ilovasida skanerlanganda isteʼmolchi tomonidan kiritilgan telefon raqami bilan maʼlumotlar bazasida avtomatik roʻyxatga olinadi. Qayta skanerlanganda qurilma ekranida chek qaysi raqam orqali roʻyxatga olinganini koʻrsatuvchi eslatma paydo boʻladi;

 

– har bir fuqaro bir kunda bitta savdo nuqtasidan 5 tagacha chekni roʻyxatga olish tartibi joriy etilmoqda. 6-chek roʻyxatdan oʻtkazilganda qurilma ekranida kunlik limit tugaganligi toʻgʻrisida eslatma paydo boʻladi.

 

DSQ keshbek amaliyoti toʻgʻri qoʻllanilishini doimiy nazorat qilib borish bilan birga, isteʼmolchilar firk-mulohazalarini inobatga olgan holda tizimni takomillashtirib borishini maʼlum qildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//