Siyosat
Ochiq muloqotda elektr tarmoqlariga ulanishdagi jarayonlarning murakkabligi, muddatlar uzoqligi va xarajatlar yuqoriligi, tadbirkorlarning haqli e’tiroziga sabab bo‘layotgani aytildi.
Iste’molchilarning 75 foizi 20 kilovattgacha quvvatli elektr ishlatadigan kichik syexlar, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari hisoblanadi. Lekin ularga ham xuddi yirik korxonalar bilan bir xil talablar qo‘yilgan. Misol uchun, oddiy savdo do‘konini elektr tarmog‘iga ulash uchun 4 ta bosqichdan o‘tish, 7 million so‘m xarajat va bunga kamida bir oy vaqt talab etiladi.
Kelgusi yil boshidan elektr tarmog‘iga ulanish to‘liq elektron platformaga o‘tkaziladi va barcha jarayonlar, bir bosqichga tushiriladi. Tadbirkorlarni elektr tarmog‘iga ulash muddati, 20 kilovattgacha bo‘lgan quvvatlar uchun – 10 kun, 50 kilovattli quvvatlar uchun esa 20 kun etib belgilanadi. Ushbu ishlar Davlat xizmatlari markazlari orqali tashkil etilib, muntazam nazorat qilib boriladi.
“Agar elektr ta’minoti korxonasi ishlarni muddatida yakunlamasa, ular tadbirkorlarga kompensasiya to‘laydi”, dedi Prezident.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q