Jamiyat
worldpopulationreview.com nashri ish soati eng ko‘p bo‘lgan davlatlar ro‘yxatini taqdim qildi.
Unga ko‘ra, o‘rtacha ish vaqti haftasiga 54.5 soatni tashil qiladigan Butan bu ro‘yxatda birinchi o‘rinni egallagan.
Ikkinchi o‘rinda Sudan davlati bo‘lib, mazkur davlat fuqarolari haftasiga o‘rtacha 50.8 soat ishlaydi.
Eng yuqori uchlikni Lesoto yakunlab bergan. Janubiy Afrikada joylashgan bu davlatda fuqarolar haftasiga o‘rtacha 50,2 soatni ishga sarflaydi.
Ishga eng kam vaqt sarflaydigan davlatlar qatorida Yaman yetakchi bo‘lib, yamanliklar bir haftada o‘rtacha 25.9 soat ishlaydi. Niderlandiya (26.8 soat) va Norvegiya(27.1 soat) bu qatorda 2- va 3-o‘rinni band qilgan.
Ma’lumotda, shuningdek, quyidagi davlatlar ham keltirilgan:
▪️ AQSh – 36.1 soat;
▪️ Buyuk Britaniya – 30.9 soat;
▪️ Fransiya – 30.8 soat;
▪️ Rossiya – 38.2 soat;
▪️ Turkiya – 43.8 soat;
▪️ Qozog‘iston – 38 soat;
▪️ Tojikiston – 41 soat;
▪️ Qirg‘iz Respublikasi – 35.2 soat;
▪️ Turkmaniston – 41.9.
Ma’lumotda keltirilishicha, o‘zbekistonliklar haftasiga o‘rtacha 40.4 soat ishlar ekan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
112462
Jamiyat
95127
Jamiyat
91391
Jamiyat
76049
Jamiyat
//
Izoh yo‘q