Siyosat
Toshkent va Ashxobod o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar qayta tiklanadi. Bugun, 17-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Turkmaniston delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari bu bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Xabarga ko‘ra, tomonlar, shuningdek, Turkmanboshi portini birgalikda rivojlantirish masalasini ham kelishib olgan.
Bundan tashqari, ikki davlat yetakchilari gumanitar soha ko‘p qirrali aloqalarning mustahkam poydevori ekanligiga urg‘u bergan. Urganch va Toshkentda Turkmaniston madaniyati kunlari va turkman filmlari namoyishlari muvaffaqiyatli o‘tkazilganini ta’kidlashdi.
Hamkorlik sur’atini saqlab qolish uchun tomonlar o‘zaro konsertlar va teatrlarning ijodiy safarlarini muntazam ravishda o‘tkazish, Xivada Yoshlar forumini tashkil etish va birgalikda filmlar ishlab chiqarish amaliyotini davom ettirishga kelishib oldi.
Muzokaralar yakunida davlat rahbarlari erishilgan barcha kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha keng qamrovli “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish yuzasidan mas’ullarga topshiriq berdi.
Jahon
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111039
Jamiyat
94511
Jamiyat
90451
Jamiyat
74510
Jamiyat
//
Izoh yo‘q