Jamiyat
O‘zgidromet 19–26-noyabr kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 19-noyabrda +2– +7° iliq, 20–26-noyabrda 0-5° iliq, kunduzi 19-20-noyabrda +12– +17° iliq, 21–25 noyabrda +11– +16° iliq, 26-noyabrda +10– +15° iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat 19-20-noyabrda kechasi +2– +7° iliq, kunduzi +13– +18° iliq, 21–26-noyabrda kechasi 0– +5° iliq, kunduzi +11– +16° iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat 19-noyabrda kechasi +4– +9° iliq, kunduzi +13– +18° iliq, 20-noyabrda kechasi +2– +7° iliq, kunduzi +13– +18° iliq, 21–26-noyabrda kechasi 0– +5° iliq, kunduzi +11– +16° iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 19-20-noyabrda +4– +9° iliq, 21-noyabrda +2– +7° iliq, 22–26-noyabrda 0– +5° iliq, kunduz 19-noyabrda +16– +21° iliq, 20-, 21- va 26-noyabrda +14– +19° iliq, 22–25-noyabrda +13– +18° iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat 19-20-noyabrda kechasi +2– +7° iliq, kunduzi +13– +18° iliq, 21–26-noyabrda kechasi 0– +5° iliq, kunduzi +11– +16° iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 19-noyabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 20–26-noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat 19-20-noyabrda kechasi 0– +5° iliq, kunduzi +8– +13° iliq, 21–26-noyabrda kechasi -3° sovuq– +2° iliq, kunduzi +6– +11° iliq bo‘ladi
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
Madaniyat
109759
Jamiyat
94135
Jamiyat
89928
Jamiyat
73128
Jamiyat
//
Izoh yo‘q