Jamiyat
Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Davlat fuqarolik xizmati tatbiq qilinadigan davlat organlari va tashkilotlari ro‘yxati hamda lavozimlarining davlat reyestriga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi buyruqqa ko‘ra, davlat fuqarolik xizmati tatbiq qilinadigan davlat organlari va tashkilotlari ro‘yxatiga quyidagilar kiritilmoqda:
▪️ Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi;
▪️ Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi;
▪️ Kasbiy ta’lim agentligi.
Shuningdek, respublika, hududiy va tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestri quyidagi lavozimlar bilan to‘ldirilmoqda:
🔸 vazirlik va idoralarda 16 ta turli lavozimlar (axborot xizmati rahbari (matbuot kotibi), bosh inspektor, bosh maslahatchi, bosh yuriskonsult va boshqalar);
🔸 hududiy bo‘linmalarda 14 ta turli lavozimlar (matbuot kotibi, devonxona mudiri, yetakchi maslahatchi, katta maslahatchi va boshqalar).
Jahon
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111039
Jamiyat
94511
Jamiyat
90451
Jamiyat
74510
Jamiyat
//
Izoh yo‘q