Ilm-fan
Otasi bilan tez-tez ziddiyatga borgan va tengdoshlari bilan ko‘p nizolashgan o‘smirlarda biologik qarish tezlashishi mumkin. Virginiya universiteti olimlari ana shunday xulosaga kelishdi.
Xabarda aytilishicha, 17 yillik kuzatuvlar davomida 123 nafar o‘smirda tadqiqot olib borilgan Yakunda 13-20 yoshida otasi bilan keskin munosabatda bo‘lgan va do‘stlariga nisbatan agressiv kayfiyatda bo‘lgan o‘smirlarda 30 yoshga borib biologik qarish jarayoni ko‘proq yuz berishi aniqlangan.
Organizm holatini baholashda xolesterin darajasi, qon bosimi, qondagi qand miqdori, oqsillarni o‘z ichiga olgan ko‘rsatkichlardan foydalangan olimlar tekshiruvlarda aynan ziddiyatlar, ayniqsa, otalar bilan kelishmovchiliklar qarishni tezlashtiradi degan xulosaga kelgan.
Tadqiqot muallifi professor Jozef Allenning so‘zlariga ko‘ra, ota bilan ziddiyat o‘smirlarda stressni oshiradi hamda yurak-qontomir va immun tizimlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Olimlar o‘smirlik davridagi ziddiyatli munosabatlar nafaqat ruhiy muammo, balki uzoq umr ko‘rishga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omil ekanligini ta’kidlamoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra, erta qarishning oldini olishda oila va atrofda do‘stona muhitning yaratilishi juda muhim hisoblanadi.
Ilm-fan
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112152
Jamiyat
94836
Jamiyat
90894
Jamiyat
75686
Jamiyat
//
Izoh yo‘q