Siyosat
Markaziy Osiyoda Made in Central Asia brendi ostida qo‘shma ishlab chiqarish maydonlarini shakllantirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda 13-noyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan Markaziy Osiyo va Ozarbayjon mamlakatlarining savdo va investitsiyalar vazirlari kengashining birinchi yig‘ilishida aytib o‘tildi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov, Qozog‘iston savdo va integratsiya vaziri Arman Shakkaliev, Tojikiston iqtisodiy taraqqiyot va savdo vaziri Zavki Zavkizoda, Turkmanistonning savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Nazar Agahanov, Ozarbayjon iqtisodiyot vaziri birinchi o‘rinbosari Elnur Aliev, Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Duyshonkul Chotonov ishtirok etdi.
Qayd etilishicha, Markaziy Osiyo mamlakatlarining savdo va investitsiya vazirlari o‘zaro savdoni rivojlantirish va sanoat integratsiyasini chuqurlashtirishga qaratilgan kompleks choralarni muhokama qildi.
Yig‘ilishda tovar ayirboshlash hajmini 20 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha samarali mexanizmlarni yaratish, Made in Central Asia brendi ostida qo‘shma ishlab chiqarish maydonlarini shakllantirish, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va yirik investorlarni infratuzilma hamda sanoat loyihalariga jalb etish masalalariga e’tibor qaratilgan.
Shuningdek, yig‘ilish davomida bojxona va chegara tartib-taomillarini yanada optimallashtirish, transport-logistika infratuzilmasini uyg‘unlashtirish, ishlab chiqarish zanjirlarini birlashtira oladigan sanoat hablarini yaratish zarurligi ta’kidlandi. Sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, xomashyo va texnologik imkoniyatlarni birgalikda o‘zlashtirish, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulotlar eksportini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish, kooperatsiya va qo‘shma ishlab chiqarishlarni rivojlantirish, shuningdek, investitsiyaviy o‘zaro hamkorlikning yangi mexanizmlarini yaratishga oid asosiy kelishuvlarni o‘z ichiga olgan qo‘shma kommyunike imzolandi.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
109745
Jamiyat
94124
Jamiyat
89912
Jamiyat
73114
Jamiyat
//
Izoh yo‘q