Ilm-fan
Ingliz tili boʻyicha Britaniyaning Collins English Dictionary izohli lugʻati “vibe coding”(tabiiy tilni sunʼiy intellekt yordamida kompyuter kodiga aylantiradigan yangi dasturiy ishlanma)ni 2025-yil soʻzi deb topdi. Bu haqda lugʻat veb-saytida eʼlon qilindi.
Vayb koding – kodni yaratish uchun katta til modellaridan foydalanadigan dasturlash usuli. Dasturchi shunchaki vazifani va ilovaning asosiy funksiyalarini tavsiflovchi matnli soʻrovni tuzishi kerak. Vayb koding yordamida foydalanuvchilar dasturlash sohasida toʻliq bilimga ega boʻlmagan holda oʻzlarining dasturiy taʼminotini yaratishlari mumkinligi taʼkidlanadi. Bu atamani sunʼiy intellekt sohasidagi olim, OpenAI asoschilaridan biri Andrey Karpatiy muomalaga kiritgan.
“Mohiyatan, bu mashinaga oʻzingiz batafsil kodlash oʻrniga nimani xohlayotganingizni koʻrsatishdir. Bu vayblar bilan dasturlashdir. Texnik mutaxassislar buning inqilobiy narsami yoki aqlsizlik – muhokama qilayotgan bir paytda, mazkur atama Silikon vodiysidan tashqarida ham eʼtirof etildi. Bu sunʼiy intellektdan kundalik hayotning barcha jabhalarida foydalanishga qaratilgan keng qamrovli madaniy oʻzgarishni aks ettiradi”, deya taʼkidlagan Collins English Dictionary.
Roʻyxatdagi boshqa daʼvogar soʻzlar qatoriga “biohacking” ham kiritilgan boʻlib, u sogʻliqni yaxshilash va umrni uzaytirish maqsadida tananing tabiiy jarayonlariga oʻzgartirish kiritish faoliyati sifatida taʼriflanadi.
Keyingi soʻz – “aura farming”. Bu atama oʻziga xos va jozibador shaxsiyatni sunʼiy ravishda shakllantirish, yaʼni zoʻriqishsiz koʻrinsa-da, aslida ancha mehnat talab qiladigan jarayonni anglatadi.
“Z avlodiga xos bu hodisa, indoneziyalik yigitchaning qayiq poygasi paytida xotirjam va ishonch bilan raqsga tushayotgan videosi tarqalganidan soʻng keng yoyildi. U zamonamiz paradoksini aks ettiradi: harakat qilayotgandek koʻrinishga urinish”, deydi lugʻat vakillari.
Yana biri soʻz – “slanker”, u kompyuterlar, robotlar yoki sunʼiy intellekt manbalari uchun kamsituvchi atama boʻlib, “Yulduzlar jangi: Klonlar urushi” tomonidan ommalashtirilgan. Bu soʻz ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan va koʻpincha odamlarning sunʼiy intellekt chatbotlari va platformalariga nisbatan noroziligi va ishonchsizligini ifodalash uchun ishlatiladi.
Shuningdek, bu yil “glaze” soʻzi ommalashdi, u norozilik ifodasi boʻlib, kimnidir ortiqcha yoki nooʻrin maqtash, xushomad qilish maʼnosini anglatadi.
Collins English Dictionary bu – Harper Collins nashriyoti tomonidan tayyorlanadigan ingliz tilining izohli lugʻati boʻlib, tahririyat har yili “yil soʻzini” eʼlon qilib boradi. 2024-yilda Collins English Dictionary tomonidan “brat” – “oʻziga ishongan, mustaqil va gedonistik xulq-atvorli” kishini tavsiflovchi soʻz “yil soʻzi” deb topilgandi.
Ilm-fan
Madaniyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
109742
Jamiyat
94120
Jamiyat
89909
Jamiyat
73110
Jamiyat
//
Izoh yo‘q