Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev “Gidrometeorologiya faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunni imzoladi.
Qonun bilan gidrometeorologiya faoliyatini tartibga solish belgilangan. Gidrometeorologiya xizmati ushbu faoliyatdagi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Gidrometeorologik axborot (atrof tabiiy muhit holatining kuzatuvlari natijalari) ochiq va ishonchli boʻlishi kerak.
Gidrometeorologiya xizmati davlat organlarini, jismoniy va yuridik shaxslarni iqlim oʻzgarishi, atrof tabiiy muhitning ifloslanish darajasi toʻgʻrisidagi axborot bilan taʼminlaydi. Bunda umumiy gidrometeorologik va tezkor gidrometeorologik axborotlar Gidrometeorologiya xizmatining rasmiy veb-saytiga va Ochiq maʼlumotlar portaliga joylashtiriladi.
Qonun rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112209
Jamiyat
94886
Jamiyat
90975
Jamiyat
75754
Jamiyat
//
Izoh yo‘q