Madaniyat
Samarqanddagi Markaziy harbiy okrug Madaniyat va ma’rifat markazida 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Xalq va armiya bir tanu – bir jon” shiori ostida ijodiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Harbiylar, jamoatchilik vakillari ishtirok etgan tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari Xurshid Ochilov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari, Mudofaa vazirligi huzuridagi jamoatchilik kengashi a’zosi Nodir Jonuzoq, mazkur kengashning viloyatdagi a’zolari – senator Farmon Toshev, Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari Toshpo‘lat Tugalov, taniqli shoir, iste’fodagi podpolkovnik Abdurazzoq Obro‘y qatnashib, harbiy xizmatchilarni O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi munosabati bilan samimiy tabrikladi.
Tadbirda harbiylar Nodir Jonuzoq va Toshpo‘lat Tugalovning Vatan va kitob haqidagi she’rlari, Abdurazzoq Obro‘yning ichakuzdi hangomalaridan bahramand bo‘lishdi. Ijodkorlar tomonidan mazkur tadbirda faol qatnashgan harbiylar va kichik serjantlar tayyorlash maktabi kutubxonasiga badiiy kitoblar sovg‘a qilindi.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
111480
Jamiyat
94615
Jamiyat
90587
Jamiyat
74976
Jamiyat
//
Izoh yo‘q