
Jamiyat
“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan “Oilaviy qadriyatlar transformatsiyasi sharoitida o‘smir yoshlarning kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish” mavzusida tadqiqotlar olib borildi.
Joylashuviga ko‘ra Buxoro, Namangan, Samarqand va Toshkent viloyatlari tadqiqot hududi sifatida belgilangan bo‘lib, so‘rovnomada jami 533 nafar o‘smir, 272 nafar ota-ona va 29 nafardan iborat ekspert guruhi ishtirok etgan.
So‘rovlarda ota-onalar o‘z farzandlari bilan birga kitob o‘qishiga to‘siq bo‘luvchi asosiy omillarga ham e’tibor qaratilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, respondentlarning 28.1 foizi ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlarga chalg‘ib qolishni, 23.3 foizi uy yumushlarining ko‘pligini, 22.3 foizi ishxonadagi ishlarni, 14.0 foizi televizor tomosha qilishni, 12.3 foizi uydagi ba’zi bir muammolarning ko‘pligini sabab sifatida ko‘rsatgan.
Ekspertlar (o‘qituvchi, kutubxonachi, maktab yetakchisi) fikriga ko‘ra, o‘smirlarning kitob o‘qishiga to‘sqinlik qiluvchi asosiy omillar quyidagicha:
▪️ texnologiyalar ta’siri – 47.3 foiz;
▪️ ota-onalarning e’tiborsizligi – 35.0 foiz;
▪️ o‘qishga ishtiyoqning pastligi – 21.3 foiz;
▪️ qiziqarli kitoblarning yetishmasligi – 10.7 foiz;
▪️ kutubxonalarning qulay emasligi va tengdoshlarning ta’siri – 16.8 foiz.
Mutaxassislar o‘smirlarning kitob o‘qishiga eng kuchli ta’sir etuvchi omillar sifatida:
▪️ ota-onalarning kitob o‘qishga munosabati – 17.4 foiz;
▪️ kitob o‘qiganlik uchun mukofot olish – 16.5 foiz;
▪️ kitobning o‘smir qiziqishlariga mos kelishi – 13.9 foiz;
▪️ tengdoshlarning kitobxonlikka qiziqishi – 13.9 foiz;
▪️ ijtimoiy tarmoqlarda kitoblar haqida fikr almashish va muhokama qilish (10.4 foiz ) muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlaydi.
Ota-onalarning farzandlariga kitob xarid qilish darajasiga ko‘ra:
▪️ 38 foizi – yiliga 2-3 marta;
▪️ 19,5 foizi – har oy;
▪️ 18,1 foizi – faqat tug‘ilgan kun yoki bayramlarda;
▪️ 10 foiz – oyda 2-3 marta;
▪️ 7,2 foiz har hafta kitob sotib oladi.
▪️ 4,8 foizi esa kitob sotib olmasligini bildirgan.
Ota-onalarning maktab va mahalladagi kutubxona faoliyatidan qoniqish darajasi:
▪️ 45,6 foizi – to‘liq;
▪️ 20,9 foizi – qisman qoniqadi;
▪️ 11.9 foizi – qoniqmaydi;
▪️ 21,6 foizi – kutubxonalarning faoliyatiga qiziqish bildirmasligini namoyon etgan.
Tadqiqotda o‘smirlarning bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazishi o‘rganilganda esa:
▪️ 21 foizi – kitob o‘qish;
▪️ 19.1 foizi – sport bilan shug‘ullanish;
▪️ 12.1 foizi – ijodiy faoliyat kabi faol mashg‘ulotlarga e’tibor qaratish;
▪️ 16.2 foizi – ijtimoiy tarmoqlarni kuzatish;
▪️ 14 foizi – televizor tomosha qilish;
▪️ 17.6 foizi – do‘stlari bilan vaqt o‘tkazish kabi passiv faoliyatga moyil ekani aniqlangan.
O‘smir yoshlardan qaysi turdagi kitoblarni o‘qish qulayligi so‘ralganda:
▪️ 41.7 foizi – yoshlar bosma kitoblarni;
▪️ 25 foizi – elektron kitoblarni;
▪️ 33,3 foizi – kitobning formatiga (bosma yoki elektron) ahamiyat bermasligini, ular uchun asosiy mezon kitobning mazmuni va o‘qish jarayonining sifatliligini ko‘rsatgan.
Ekspertlar fikriga ko‘ra, o‘smir yoshlarni kitobxonlikka qiziqtirishda interaktiv o‘qish usullaridan foydalanish (29.5 foiz), kitoblar asosida filmlar namoyish etish (24.4 foiz) kitobxonlik klublarini yaratish (21.8 foiz), sinfdan tashqari o‘qishni tashkil etish (12.8 foiz), raqamli texnologiyalardan foydalanish (12.8 foiz) yozuvchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish (10.3 foiz) samarali usullar hisoblandi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q