O‘zbekistonliklar asosan qaysi davlatlarga sayohat qilmoqda?

Saqlash
12:23 / 13.10.2025 70 0

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-avgust oylarida qariyb 5,2 mln nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan.

 

O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda ko‘rsatkich qariyb 1,1 mln nafarga yoki 26,8 % ga oshganini ko‘rish mumkin.

 

Joriy yilning 8 oyida O‘zbekiston fuqarolari eng ko‘p safar qilgan TOP-10 davlat quyidagicha:

▪️ Qirg‘iz Respublikasi — 2,3 mln nafar;

▪️ Qozog‘iston — 956 ming nafar;

▪️ Tojikiston — 887,9 ming nafar;

▪️ Rossiya — 312,7 ming nafar;

▪️ Turkiya — 181,7 ming nafar;

▪️ Saudiya Arabistoni — 165,7 ming nafar;

▪️ BAA — 94,2 ming nafar;

▪️ Misr — 45,4 ming nafar;

▪️ Vetnam — 28,5 ming nafar;

▪️ Xitoy — 27,6 ming nafar;

▪️ Boshqa davlatlar — 162,4 ming nafar.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//