Hafta davomida harorat ko‘tariladi

Saqlash
12:03 / 13.10.2025 52 0

O‘zgidromet 17-oktyabrgacha bo‘lgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

 

Unda yozilishicha, ish haftasi davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va iliq ob-havo kuzatiladi, faqat eng chekka shimoliy hududlarda 14-oktyabr kunlari qisqa muddati yomg‘ir yog‘adi.

 

Harorat foni kechalari +10– +13 daraja atrofida, ba’zi joylarda +15 darajagacha, kunduz kunlari +25– +28 daraja, janubda +30– +33 darajagacha bo‘ladi.

 

“Bu o‘rtacha iqlim me’yoridan yuqoridir”, deyiladi xabarda.

 

13-14-oktyabr kunlari shimolda va cho‘l hududlarining ba’zi joylarida shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

 

Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat asosan kechasi +10– +13 , kunduzi +25– +28 darajada bo‘ladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//