
Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda “Metan “zapravka”larga limit qo‘yilmoqda, ular faoliyati to‘xtatilishi mumkin” mazmunidagi xabarlar tarqaldi.
“Hududgazta’minot” AJ bu ma’lumotlar mutlaqo asossiz ekanini ma’lum qildi.
“Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida gaz ta’minoti tizimidagi ayrim gaz taqsimlash stansiyalarida texnik-profilaktika ishlari amalga oshirilgan. Ta’mirlash ishlari olib borilgan vaqtda gaz bosimi pasaygani sababli ayrim metan zapravkalar faoliyatida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilgan”, deyiladi xabarda.
“Hududgazta’minot” AJ vaqtinchalik noqulayliklar uchun fuqarolardan uzr so‘ragan.
Ma’lum bo‘lishicha, hozirda respublika bo‘yicha metan “zapravka”lar belgilangan tartibda faoliyat yuritmoqda. Tabiiy gaz ularga gaz ta’minoti korxonalari bilan tuzilgan shartnomalar asosida yetkazib berilmoqda.
Xabarda ijtimoiy tarmoqlarda yolg‘on yoki tekshirilmagan ma’lumotlarni tarqatish orqali aholi orasida sarosima va shubha uyg‘otish holatlari qonun bilan taqiqlangani, hamda bunday xatti-harakatlar uchun javobgarlik belgilangani eslatib o‘tilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q